Kim uchun
Til markazlari, IT maktablari, repetitorlik markazlari va o'quv kurslari uchun. Bitta filialdan tortib, o'nlab filialli tarmoqqacha.
corely.crm — o'quv markazlarining kundalik ishi uchun yozilgan tizim. Universal CRM emas.
Til markazlari, IT maktablari, repetitorlik markazlari va o'quv kurslari uchun. Bitta filialdan tortib, o'nlab filialli tarmoqqacha.
Har bir modul o'quv markazining haqiqiy jarayonidan kelib chiqqan: dars jadvali xona va o'qituvchi to'qnashuvini o'zi topadi, to'lov qarzdorlikni o'zi yangilaydi, davomat ota-onaga xabarni o'zi yuboradi.
Har bir markazning ma'lumoti alohida saqlanadi va faqat o'z xodimlariga ko'rinadi. Rollar va huquqlar orqali kim nimani ko'rishini o'zingiz belgilaysiz.
Interfeys o'zbek, rus va ingliz tillarida. Xodim o'zi qulay tilni tanlaydi, ma'lumot esa umumiy bo'lib qolaveradi.
“Markaz egasi kun oxirida bitta ekranga qarab, kim keldi, kim to'ladi va qaysi guruh to'lmaganini bilishi kerak. corely shu uchun yozilgan.”
Eskiz orqali: to'lov cheki, qarz eslatmasi, dars o'zgarishi va guruh e'lonlari.
Click va Payme uchun to'lov buyurtmasi; to'lov tasdiqlanishi bilan hisob o'zi yopiladi.
Moliya hisobotlari, baholar jurnali va test natijalari — `.xlsx` ko'rinishida.
Dars videosi va topshiriq fayllari; yuklash to'g'ridan-to'g'ri omborga ketadi.
Yoki qo'ng'iroq qiling: +998 77 151 10 23